Xorijiy talabalar

Xorijiy Talabalar uchun Ma'lumot

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy talabalarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar bilan tanishing.


Chet ellik talabalarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi

  • 1. Talabalik vizasiga ega bo'lish: O‘zbekistonda o‘qishni boshlashdan oldin talabalik vizasiga ega bo‘lishingiz zarur.
  • 2. Hujjatlarni topshirish: Qabul qilish va shartnoma tuzish uchun quyidagi hujjatlarni elektron pochta orqali taqdim etishingiz lozim:
    • Viza bilan birga pasport nusxasi
    • Ta'lim to'g'risidagi hujjat nusxasi
    • Oxirgi 3 oyda olingan 6 dona fotosurat (3x4)
    • O‘qishga kirish uchun ariza
  • 3. Onlayn suhbat: Hujjatlar topshirilgandan so'ng, siz bilan onlayn suhbat o'tkaziladi. Bu suhbat asosida o'qishga qabul qilish to'g'risida qaror qabul qilinadi. Suhbat o'tkazishga ruxsatnoma Oliy ta'lim vazirligi tomonidan beriladi.

Eslatma: Onlayn suhbat Prezidentning 2018-yildagi "Oliy o'quv yurtlarida ta'lim sifatini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori asosida amalga oshiriladi.

  • 4. O‘quv yili uchun viza hujjatlari: O'quv yili vizasi uchun quyidagi hujjatlar bir oy ichida rasmiylashtiriladi:
    • O‘qish shartnomasi
    • Viza uchun ariza shakli

QABUL_2025

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 24-iyul kuni "Estrada xonandalik" fakultetiga Magistratura ta’lim bosqichiga hujjat topshirgan xorijiy abituriyentlar bilan suhbat o’tkazildi. Imtihon va savol-javob jarayonlari qabul komissiyasining raisi, professor Avaz Mansurov tomonidan o’tkazilib, xorijiy abituriyentlarning ijro mahorati ham baholandi.


Qabul jarayonlaridan rasmlar

Skip to content