QABUL TANLOVLARI

Vatandoshlar Uchun Davlat Granti

“Vatandoshlar uchun” davlat grantlari

Tanlovlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

Sana: 19.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda o‘qish istagini bildirganlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan:

  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Tarix
  • Madaniyat
  • San’at
  • Hunarmandchilik

📅 Arizalar 2025-yil 10-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Hujjatlar vatandoshlarMESI@estrada-art.uz elektron pochtasi orqali “RAR” formatida qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  1. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi; etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

    Yoki O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi lozim.

  2. Xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi.
  3. 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi.
  4. O‘zbek tilini bilishi lozim.

Maxsus tanlovlar tartibi

Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lsa: Tanlangan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.
  • Test sinovlari (OTK tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun): Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
  • Test shaklidagi kirish imtihonlari: Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar davlat granti sovrindori hisoblanadi.
Skip to content