Milliy qadriyatlar sayli doirasida “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

Milliy qadriyatlar sayli doirasida “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi

  • 11/08/2024
  • 10:00 to 00:30
  • Toshkent, Estrada insitutiti
  • 212 497 5686

Milliy qadriyatlar sayli doirasida “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturni 2024-2025-yillarda amalga oshirishga qaratilgan Kompleks chora-tadbirlar rejasi, Xotin qizlar kengashining ko‘rik-tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi tegishli qaroriga muvofiq joriy yilning 7-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda talaba-qizlar va ayol pedagog-xodimlar salohiyatidan samarali foydalanish, o‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, milliy an’analarimizni yanada keng targ‘ib qilish va ommalashtirish hisoblanadi.

Mazkur tanlovda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining Yoshlanr bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i S. Muxitdinova, “Estrada xonandaligi” fakulteti tyutori R. Shodiyev, Yoshlar yetakchisi Sh.Xoltoyeva, talabalar Sardor Shavkatov, Samandar Mamadjanov, Nurillo Abdullayev, Ilxom Muxtorov, Azamat Abdusamadov, Ruslan, Jaxonmirzo Kenjayevlar ishtirok etdilar.

Tanlov milliy an’analar va milliy qadriyatlar orqali milliy liboslar jozibasini namoyish etish, milliy liboslarning zamonaviy talqini va o‘zbek milliy liboslarini ommalashtirish kabi qator shartlar asosida o‘tkazildi. Tanlovda universitet fakultetlar jamoalari o‘z chiqishlarini sahna ko‘rinishi, raqs va milliy liboslar taqdimoti orqali namoyish qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Talaba-qizlar o‘z namoyishda slaydlar, videoroliklar, tarqatma materiallar va boshqa ko‘rgazmali vositalardan foydalandilar. Tanlovda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining Yoshlanr bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i S. Muxitdinova, “Estrada xonandaligi” fakulteti tyutori R. Shodiyev, Yoshlar yetakchisi Sh.Xoltoyeva sifatida fakultetlarning namoyishlarini shart mezonlaridan kelib chiqqan holda baholadilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar “Milliy libos – millat qiyofasi, milliy iftixor ifodasi” ko‘rik-tanlovi o‘zbekona kiyinish madaniyati, uning targ‘iboti, milliy an’analarimizni yanada keng targ‘ib qilish va ommalashtirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidlab, tanlov g’oliblari va ishtirokchilarini qutladilar.

Hurmatli foydalanuvchi!

Institut haqida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun info@estrada-art.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring yoki +998 71 200 00 00 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

company events
Skip to content