2022 yil 26 iyundagi “Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti
- 07/08/2025
- Posted by: Nurbek Sobirov
- Category: Yangilik
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 iyundagi “Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʼgʼrisida”gi qaroriga koʼra oʼzining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi uchun Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti “Estrada xonandaligi” taʼlim yoʼnalishinig 4-bosqich talabasi Mamadaliev Komron Ulugʼbek oʼgʼli “Mard oʼgʼlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangani, shu bilan birga institutning maʼnaviy, maʼrifiy, jamoat ishlarida faol ishtirok etganligi, namunali hulqi bilan tengdoshlariga oʼrnak boʼlayotganligi sababli shunday farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazayotganlari uchun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti professor-oʼqituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari nomidan, institut rektori А.Mansurov hamda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha birinchi prorektor F.Qurbonova shuningdek Oʼzbekiston davlat konservatoriyasining oʼquv ishlari boʼyicha prorektor F.Аbdullaevlar otalari Ulugʼbekakaga, onalari Marhabaoopaga oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Oʼylaymizki, K.Mamadaliev bundan keyin ham milliy estrada sanʼati rivoji yoʼlida, maʼnaviy qadriyatlarimizni hurmat qilgan xolda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va albatta tinchligi uchun oʼz kuch-gʼayratini ayamaydigan, xalq dardi bilan yashaydigan inson boʼlib yetishadi.
MESI Аxborot xizmati




