Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talaba-yoshlar!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talaba-yoshlar!

Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot barchamiz uchun katta ruhiy ko‘tarinkilik baxsh etdi, mas’uliyat yukladi. Prezidentimiz tomonidan yoshlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, vatanparvar, tashabbuskor hamda sog‘lom turmush tarziga amal qiladigan shaxslar etib tarbiyalash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Bizning institutimiz san’at ta’limi tizimida faoliyat yuritar ekan, ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlashda alohida mas’uliyatni his etadi. Estrada san’ati, ijrochilik mahorati va zamonaviy musiqiy madaniyatni rivojlantirish bilan bir qatorda, talaba-yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish ham muhim yo‘nalishlarimizdan biridir. Zero, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevoridir.

Ochiq muloqot davomida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqib, institutimizda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi:

✅talaba-yoshlarning ijodiy g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish;

✅mediakontent yaratish, raqamli platformalarda milliy estrada san’atini keng targ‘ib etish;

✅xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yosh ijrochilarni nufuzli tanlov va festivallarga tayyorlash;

✅ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

✅ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish orqali yoshlarni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash;

✅sport to‘garaklari va musobaqalarni rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va jamoaviylik muhitini shakllantirish.

Aziz yoshlar! Sizlarning har bir tashabbusingiz — xoh u ijodiy loyiha, xoh sport sohasidagi yutuq bo‘lsin — biz uchun muhim. Institut rahbariyati sizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga doimo tayyor.

Ishonchim komilki, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonch va e’tibor sizlarni yanada faol, sog‘lom, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘lishga undaydi. Birgalikda biz milliy estrada san’atini rivojlantirib, sport va sog‘lom turmush madaniyatini keng yoyish orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, ijodiy ilhom, sportda va ta’limda ulkan zafarlar tilayman!

Hurmat bilan,

Institut rektori, professor Avaz Mansurov



Skip to content