Ikki tomonlama hamkorlik imzolandi
- 06/24/2025
- Posted by: Nurbek Sobirov
- Category: Yangilik
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining 03.04.2024-yil 3-aprelida tasdiqlangan № 01-10-78 sonli “Davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish” yuzasidan vazirlik NAZORAT REJASIga muvofiq 2025-yilning 24-25 aprel kunlari O‘zDK huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Mirzayev rahbarligida institutning “Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Artikbayeva Durdona Alisherovna, “Musiqashunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ilxomjanova Visola Ilxomjanovnalar Kulesh Beyseyitova nomidagi Qozog‘iston Milliy san’ati universitetida o‘tkazilgan “Musiqiy nazariy fanlar bo‘yicha” musiqa san’ati va ijrochiligi talabalari o‘rtasidagi o‘tkazilgan Xalqaro olimpidada ishtirok etish hamda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qozog‘iston Milliy san’ati universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif yakunida A.Mirzayev universitet rektori Axmedyarov Galim Algiyevich bilan uchrashib O‘zDK huzuridagi B.Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti va Kulesh Beyseyitova nomidagi Qozog‘iston Milliy san’ati universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.


