Xalqaro ilmiy konferensiya
- 05/28/2025
- Posted by: Nurbek Sobirov
- Category: Bo'limsiz
28-29 may kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Популярная музыка в искусствах и медиа второй половины ХХ – начала ХХI века” Moskva davlat san’atshunoslik instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti bilan hamkorlikda Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Feruza Muxamedova ochib berdi. Konferensiyada 9 nafar professor o‘qituvchi va 4 nafar talabalar qatnashdi. “Musiqiy – nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi mudiri Nargiza Xamdamova, professor v.b Nodira Amanova Moskva shahrida konferensiyada faol ishtirok etmoqda. “Musiqiy – nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Xurshid Mamaziyayev ham konferensiyada taqdimot bilan qatnashdi. Undan tashqari institutning professor o’qituvchilari Lola Ganiyeva, Olga Asminkina, Dilshod Qurbanov, Gulzada Bekmuratova, Durdona Artiqbayeva, Mohinur Kamolidinova va talabalar Sevara Tulanova, Visola Ilxamjanova, Sagdiana Niyazova, Feruza Akbarova o’z taqdimotlari bilan qatnashdi.


