Italiyaning L’Aquila shahriga tashrif
- 05/15/2025
- Posted by: Nurbek Sobirov
- Category: Bo'limsiz
ItARTs xalqaro grant loyihasi doirasida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Feruza Muxamedova, “Kompozitorlik va aranjirovka” kafedrasi mudiri Xushnud Nazarov, Sardor Shavkatov va Asadbek Turg‘unov talaba-yoshlardan iborat delegatsiya Italiyaning L’Aquila shahriga tashrif buyurdilar.
Italiya-O‘zbekiston ijodiy aloqalari mavzusida ItARTS xalqaro madaniyat xabi doirasida loyiha ishtirokchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
12-18 may kunlari bir qator tadbirlar: Feruza Muxamedovaning yakkaxon konsert dasturi, pianinochi professorlar uchun mahorat darslari, Xushnud Nazarovning seminari, talabalarning labaratoriya ishlari hamda katta yakuniy konsert bo’lib o’tdi. Italiyaning Alfredo Casella konservatoriyasi professor- o‘qituvchilari hamda talabalari bilan hamkorlikda katta konsert dasturi namoyish etildi. Undan tashqari konsert dasturida o‘zbek milliy musiqa san’atining durdona asarlari, taniqli kompozitorlar ijodiga mansub musiqiy asarlar ijro etildi.
ItARTs xalqaro grant loyihasi o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ular bilan ilmiy va ijodiy izlanish bo‘yicha tajriba almashish, yangi ijod namunalarini yaratish va ularni xalqaro maydonda namoyish etish hamda milliy musiqa san’atini yanada rivojlantirish, shuningdek, yosh ijodkorlarni va talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.


