Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.  

Bugun Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida Botir Zokirov tavalludining 89 yilligi hamda “Talabalar bahori” festivali doirasida “Musiqiy estrada san’ati masalalari: tarix va zamonaviylik” Respublika ilmiy – amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Konferensiyada Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti, O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, Farg’ona davlat universitetlaridan professor-o’qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda ilmga izlanuvchan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida musiqiy estrada san’atining kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari, estradaning an’anaviy va zamonaviy janrlari o’rtasidagi farqlar, zamonaviy musiqiy estrada san’atida aranjirovkaning o’rni, musiqiy estrada san’atida qo’shiq matnining  ahamiyatiga oid 70 ga yaqin ilmiy ma’ruzalar bilan tanishildi.  

Bahs va munozaralarga boy o’tgan konferensiya yakunida ishtirokchilarga institut tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Skip to content