Ko’rgazma tashkil etidi

Ko’rgazma tashkil etidi

Bugun Oʼzbekiston davlat konservatoriyasi binosida mashhur estrada xonandasi, rassom, dramaturg va aktyor Botir Zokirov hayoti va ijod yoʼliga bagʼishlangan dastlabki koʼrgazma tashkil etildi. Ushbu koʼrgazma oʼzining buyuk isteʼdodi, noyob va betakror ijodi bilan oʼzbek estrada sanʼatiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari oʼrtasida keng targʼib etishga qoʼshgan beqiyos hissasi hamda uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilayotgan muzeyning hozirda yigʼilgan eksponatlari boʼyicha taqdimot tadbiri oʼtkazildi. Tadbirda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti professor- oʼqituvchilari, talabalari, vazirliklar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Botir Zokirovning madaniyatimizga qoʼshgan beqiyos xizmatlari soʼzga chiqqanlar tomonidan eʼtirof etildi.



Skip to content