Institutda saylov
- 09/16/2022
- Posted by: Nurbek Sobirov
- Category: Yangilik
Sharhlar mavjud emas
16-sentabr ÕzDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida Yoshlar Ittifoqi yetakchisini tayinlash maqsadida saylov bo’lib o’tdi. Ushbu saylovda “Estrada cholg’u ijrochiligi” fakultetidan va “Estrada xonandaligi” fakultetidan nomzodlar berildi. Saylov 09:00da 12:00ga qadar davom etdi. Talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o’zlari munosib topgan nomzodga ovoz berishdi. Ushbu saylovda ovoz berish uchun ishtirok etgan barcha talabalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.





