YANGI O’QUV YILI

YANGI O’QUV YILI

OʻzDk huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati institutida 5-sentabr kuni yangi 2022-2023-oʻquv yili boshlanishiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni institut rektori, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, professor Mansurov Avaz Maqsudovich soʻzga chiqib, talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni samimiy qutlab, test sinovlarida yuqori ball bilan 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga talabalik guvohnomalarini tantanali ravishda topshirdilar.

Tadbir davomida oliygohga muvaffaqiyatli qabul qilingan talabalar “Talabalar qasamyodi” oʻqib, orzu sharini samoga uchirdilar. Boʻlajak yosh musiqachilar koʻtarinki ruh bilan institut bilan tanishib, bilim olishga shaylandilar.

Tantanali tadbirdan soʻng, barcha talabalar katta zalga taklif qilinib, anʼanaviy “Mustaqillik darslari” oʻtkazildi. 1-bosqich talabalari uchun institut bilan tanishuv haftaligi davom etmoqda.



Skip to content